O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, direktor
Aripova Tamara O‘ktamovna – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Markaziy Osiyodagi yagona ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori hisoblanadi, ushbu institut oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydi va immunologiya, allergologiya va inson genomikasi sohasida keng ko‘lamli fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi.
Immunologiya va inson genomikasi instituti immunologik kasalliklarning oldini olish va davolash hamda aholining immun salomatligini yaxshilashga qaratilgan tadqiqot, oʻquv va taʼlim dasturlarida global yetakchilikni taʼminlaydi.
Aripova Tamara O‘ktamovna raxbarligi yillarida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti ijtimoiy ahamiyatga molik yuqumli bo‘lmagan va yuqumli kasalliklar, ularni davolashning yangi usullari bilan bog‘liq kashfiyotlar bo‘yicha yetakchilik qiluvchi ilg‘or markazga aylandi. Aripova T.O‘. preeklampsiyaning prediktiv diagnostikasi va immunologik kasalliklar patogenezi sohasidagi tadqiqotlari natijasida olingan innovatsiyalar uchun patentlar egasidir.
Tamara O‘ktamovna Aripova o‘z faoliyati davomida ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zoligiga saylangan; TWAS xalqaro mukofotlari laureati (2014), Science leader (Web of science awards 2017), Top researcher (Social Sciences, Scopus awards 2018) sifatida saylangan; Yevropa Fan va sanoat palatasining “Diploma di Merito” diplomi va “Namunali kasbiy faoliyati va tibbiyotga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” oltin medali, Rossiya immunologlar ilmiy jamiyatining diplomi va “Immunologiya sohasidagi ulkan yutuqlari uchun” oltin medali, “Akademik N.P. Bochkov nomidagi Tibbiy genetik tadqiqotlar markazi” Federal davlat byudjet muassasasi tomonidan “Tibbiy genetika rivojiga qo’shgan ulkan hissasi uchun” oltin medali bilan taqdirlangan; O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 va 25 yilligiga bag‘ishlangan esdalik nishonlari, O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlashga, iqtisodiyot va madaniyatni yuksaltirishga, xalq farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan ulkan mehnat xizmatlari uchun “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
Ziyadullaev Shuhrat Xudayberdievich 2000 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2000 yildan 2003 yilgacha aspiranturada tahsil olgan, 2010-2013 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya institutida doktoranturani tamomlagan. 2006 yilda tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun, 2014 yilda tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun (ilmiy rahbar va maslahatchi — professor N.M. Xaitova) dissertatsiyasini himoya qilgan.
2002 yildan 2010 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot instituti umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash 2-son terapiya kafedrasi assistenti. 2013 yildan 2017 yilgacha – Samarqand davlat tibbiyot instituti ichki kasalliklar, farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri. 2017 yildan 2018 yilgacha – Toshkent davlat stomatologiya instituti Stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi ilmiy-amaliy markazi katta ilmiy xodimi. 2018 yildan 2020 yilgacha – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kotibi. 2020 yildan 2024 yilgacha – Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori.
Ziyadullaev Sh.X. 340 ta nashr etilgan ilmiy va oʻquv ishlarining muallifi, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan 4 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 22 ta monografiya, 44 ta uslubiy tavsiyalar. Ilmiy faoliyat Davlat dasturi doirasida 3 ta amaliy va fundamental tadqiqot loyihalari ishtirokchisi. Xalqaro (9th International Congress on Cell Biology 2007 – Seoul, Korea, 3rd Immunodiagnostics & Immunomonitoring Conference 2009 – Chicago, IL, USA, European Respiratory Society Annual Congress 2009 – Viena, Austria, 32nd World Congress of Internal Medicine 2018, Seoul, Korea va boshqa) va respublika kongresslarida ma’ruzachi. Ilmiy ishning asosiy yo’nalishlari – allergologiya va immunologiya, pulmonologiya.
Ziyadullaev Sh.X. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengash a’zosi, Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Ilmiy darajalar berish bo‘yicha ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminar a’zosi.
Oilali, 3 nafar farzandning otasi.
tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), institut Ilmiy kotibi
Ruzimurodov Nodirjon Fazliddinovich 2015-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi davolash fakultetini tamomlagan. 2015-yildan 2018-yilgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan. 2022-yilda tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan (ilmiy rahbar – akademik T.U.Aripova).
2018-yildan 2023-yilgacha Immunologiya va inson genomikasi institutida kichik va katta ilmiy xodim lavozimlarida ishlagan, 2023 yildan institut ilmiy kotibi lavozimida ishlab kelmoqda. 2021-yildan ToshPTIda o‘rindoshlik asosida assistent boʻlib faoliyat yuritadi.
2019-yilda Avstriyada hujayra texnologiyalari boʻyicha intensiv kurs, 2023-yilda Koreyada hujayra terapiyasi va immunoterapiya boʻyicha stajirovka oʻtagan.
N.F.Ruzimurodov 30 dan oshiq ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, jumladan 1 ta monografiya va 2 ta uslubiy qoʻllanma muallifi hisoblanadi. U xalqaro va mahalliy anjuman va kongresslarda ma’ruzalar bilan ishtirok etgan.
Asosiy ilmiy yoʻnalishlari – hujayra texnologiyalari, hujayra transplantatsiyasi.
Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
2019-yil 1-fevraldan direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlaydi.
1966-yil 30-iyul kuni Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy-harbiy. 1987-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qo‘mondonlik bilim yurtini, 2002-yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi – qo‘mondonlik-taktik motooʻqchi qo‘shinlari, g‘ildirakli va zanjirli texnikalar muhandisi. Harbiy unvoni – iste’fodagi polkovnik.
“Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil” va “Oʻzbekiston mustaqilligiga 25 yil” estalik nishonlari bilan taqdirlangan.