Ilmiy kengash
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kengashi uning doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi maslahat organi hisoblanadi, Institut faoliyatini ilmiy-uslubiy, axborot-tahliliy va ekspertizaviy ta’minlash maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, Institutda faoliyat yuritayotgan yetakchi olimlardan tashkil topgan.
Ilmiy kengashning vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti Ilmiy kengashi:
- institut faoliyatining asosiy ilmiy yo‘nalishlarini rivojlantirish strategiyasi va institutning yagona ilmiy-texnik siyosatini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
- institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha fan va texnika taraqqiyotini prognoz qiladi;
- olib borilayotgan va rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini ekspertizadan o'tkazadi.