1987 yildan boshlab, Davlat dasturi doirasida Institut O‘zbekiston amaliy sog‘lom axolisida immun tizimining xolatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. O‘tkazilgan Ilmiy ekspeditsiyalar natijasida O‘zbekiston Respublikasida yoshi kattalar va bolalar populyasiyasining immunitetini normativ ko‘rsatkichlari xaritasi ishlab chiqildi.
1990-1991 yillarda Institut xodimlari Rossiya Immunologiya Instituti (Moskva) xodimlari bilan birgalikda Chernobil AESning 30 kmlik zonasida avariya likvidatorlarning immunitetini o‘rganish bo‘yicha ishlarda qatnashdilar. Ko‘p yillik kuzatuvlar natijasida amaliy sog‘liqni saqlash uchun katta axamiyatga ega avariya likvidatorlarning sog‘ligi va dinamikada xolatini obʼektiv aks ettiruvchi maʼlumotlar aniqlandi. Ushbu tadqiqotlar klinik va radiatsion immunologiyaning rivojlanishiga maʼlum xissa qo‘shdi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti va Qoraqalpog‘iston Respublikasi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida Orol dengizi mintaqasidagi xarakterli keskin epidemiologik vaziyat, ushbu mintaqa axolisi xayoti va faoliyatidagi ekologik, iqlimiy va ijtimoiy-gigiyenik omillar kompleksining o‘ziga xosligini aks ettiradi, nafas olish, ovqat xazm qilish, reproduktiv va asab tizim kasalliklari keng tarqalganligi populyasiyada ikkilamchi immunitet tanqisligi mavjudligidan dalolat beradi.
Janubiy Orol dengizi mintaqasi va Xorazm viloyati axolisining xavfli o‘sma kasalliklarini o‘rganish bo‘yicha keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazildi. Oshqozon va kolorektal saratonning shakllanishida muxim rol o‘ynaydigan HLA-A28 genotipi aniqlandi.
ISAAC dasturi doirasidagi keng ko‘lamli tadqiqotlar xalqaro loyixasi doirasida O‘zbekistonning barcha mintaqalarida 7 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 3000 dan ortiq bolalar bronxial astma rivojlanishida moyilik mavjudligiga tekshirildi.
O‘zR FA Immunologiya instituti immunologiyaning yangi mustaqil soxasi – ekologik immunologiyaning paydo bo‘lish markazlaridan biriga aylandi. Ko‘p yillik populyasion tadqiqotlar natijasi shundan iborat ediki, O‘zbek populyasiyasi genomida xozirgi vaqtda HLA-antigenlarini A, V, S, DR, DQ barchasi mavjudligi aniklandi. A1, A2, A9, A19, B5, B13, B21, B35 antigenlarini yuqori chastota bilan uchrashi aniqlandi. O‘zbeklar va boshqa populyasiyalar va irqlar o‘rtasidagi genetik masofani taxlil qilish, o‘zbeklar, Markaziy Osiyoning geografik jixatdan yaqin xalqlari (turkmanlar, qozoqlar, qirg‘izlar, tojiklar) va Yevropa axolisi o‘rtasidagi HLA genlarining uchrash chastotalaridagi o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatdi.
O‘zbeklar HLA genlarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi, ularda HLA ning deyarli barcha o‘ziga xos xususiyatlari va ularning gaplotip kombinatsiyalari topilgan, bu, extimol, o‘zbek populyasiyasining “aralash” – yevropeoid-mongoloid sifatida, yevropeoid komponenta katta ustunligini aks ettiradi.
Ushbu tadqiqotlar uchun istiqbollar HLA genlarini o‘rganish molekulyar darajaga o‘tish bilan bog‘liq edi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya instituti xodimlari Stenford universiteti (R.S. Wells, AQSH) va Oksford molekulyar tibbiyot instituti (W.J. Bodmer, Buyuk Britaniya) bilan birgalikda 1998 – 2000 yillarda Kavkaz, Eron va Markaziy Osiyoga xalqaro ekspeditsiyalarni o‘tkazdilar. Natijada 18 etnik guruxdan iborat noyob DNK to‘plami (3000 dan ortiq namunalar) to‘plandi. PSR usuli yordamida HLA va Y xromosoma genlarini molekulyar tiplash amalga oshirildi, bu esa O‘zbekiston axolisining HLA-A2 genini Xalqaro ryestrga kiritishga imkon berdi.
O‘rta Osiyo erkaklar va ayollarning liniyalari bo‘yicha nasliy belgilar o‘tishi noyob genetik xilma-xillik bilan ayralib turadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ushbu mintaqa uzoq vaqtdan beri nafaqat yo‘llar, balki genlarning xam chorraxasi bo‘lgan. Birinchi marta Markaziy Osiyo populyasiyalarining genetik xilma-xilligi xaritasi yaratildi.
1996-2001 yillarda “Inson genomining xilma-xilligi” yo‘nalishi bo‘yicha “Inson Genomi” global loyixasida ishtirok etish bilan Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi keng ko‘lamli tibbiy genetik tadqiqotlar boshlandi