Laboratoriya haqida
Laboratoriya irsiy va koʻp faktorli kasalliklarning individual genomik va hujayraviy xavf/himoya omillarini izlash maqsadida biotibbiyot texnologiyalarini ishlab chiqarmoqda
Genom-hujayra texnologiyalari laboratoriyasi fan arbobi, professor Ruslan Mahmudovich Ruzibakiyev (1941-2002) tomonidan molekulyar diagnostika laboratoriyasi sifatida tashkil etilgan boʻlib, ilk bor 1999 yilda xizmat koʻrsata boshlagan. 2002 yildan 2014 yilgacha professor Tamara Uktamovna Aripova tomonidan boshqarilgan. 2014 yildan hozirgi kunga qadar laboratoriyani tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim Tatyana Rudolfovna Xegay boshqarib kelmoqda. Laboratoriya tadqiqotlari boʻyicha 2 ta doktorlik va 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va himoya qilindi.
Xegay Tatyana Rudolfovna – katta ilmiy xodim, tibbiyot fanlari doktori.
Tadqiqot sohasi: populyatsiyon va tibbiy genetika, genom hujayraviy texnologiyalar va sanoat biotibbiyoti uchun biotexnologiyalar.
LABORATORIYA MUDIRI TOʻGRISIDA QISQACHA MA’LUMOT
Xegay T.R. ilmiy faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Inson immunologiyasi va genomikasi institutida 1999 yildan buyon olib kelmoqda. 2014 yilda “Markaziy Osiyoning Multigenetik landshafti” mavzusida doktorlik dissertatsiyasining muallifi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida «tibbiy genetika» hamda «allergologiya va immunologiya» tibbiyot mutaxassisliklari boʻyicha himoya qilgan birinchi mutaxassis hisoblanadi.
Ilmiy yoʻnalishlardan tibbiy va populyatsion genetikasining dolzarb masalalarini oʻrganish va amaliyotda tadbiq etishning – Markaziy Osiyo xalqlari genofondi tuzilishining evolyutsion ijtimoiy, biogenetik xususiyatlarini har tomonlama tavsiflash boʻlib, bu erda ishning yakuniy maqsadi ilmiy-amaliy, toʻliq siklning texnologik tuzilishi «Koʻp faktorli kasalliklarning shaxsiylashtirilgan va translyatsion biotibbiyoti» yoʻnalishi boʻyicha nishonlarni aniqlashning immunogenomik ishlardan tortib, to iqtisodiy realizatsiyaga (biotibbiyot xizmatlari, ishlab chiqarish) qadar tashkillashtirishdir.
Xegay T.R. tadqiqotlarning fundamental sikli biotibbiyot genomikasining dolzarb yoʻnalishiga – Markaziy Osiyo tub xalqlari genofondlari tuzilmalarining kompleks tavsifi, ularning sotsiogenetik, filogenetik va evolyutsion xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Markaziy Osiyo, Sibir va Moʻgʻulistonda 30 dan ortiq xalqaro ekspeditsiyalarning ishtirokchisi va koordinatori boʻlib hizmat qilgan. Oʻzbeklar, qoraqalpoqlar, qirgʻizlar, qozoqlar, tojiklar va turkmanlardan tashkil topgan 34 nafar aholini oʻrganib chiqilgan. Ilk bor, Pamirdan Tyan-Shanggacha 20000 dan ortiq namunalarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo populyatsiyalarining biobanki yaratilgan.
Laboratoriya hamkasblari va xodimlari bilan birgalikda T. R. Xegay tarafidan IVD-PZR reaktivlari va hujayra mahsulotlarning sifatli ishlab chiqarilishini ta’minlash bilan birgalikda tizimli yondashuvlarni tanlash va tasdiqlash maqsadida keng koʻlamli analitik bioinformatsion, biotexnologik, kultural, mikrobiologik usullar va texnologiyalar yaratildi. Odam hujayra liniyalarini yetishtirilishi amalga oshirildi, genetik, immunologik mikrobiologik koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda bioxavfsizlik pasporti ishlab chiqildi. Sekvenatsiya, turli modifikatsiyalardagi PZR, MALDI-TOF, oqim immunofenotiplash, IHLA va boshqalar yordamida kompleks genetik tadqiqotlar olib borilmoqda. 6ta etnosdan iborat sogʻlom nazorat biomateriallari, shuningdek tegishli multifaktorial patologiyalar namunalarini oʻz ichiga olgan Biobank yaratildi va toʻldirishda davom etmoqda. «Ishlab chiqarish uchun biotibbiyot va biotexnologiyalar» yoʻnalishi boʻyicha ISO 9001 va 13485 sertifikatlari olingan boʻlib, yuqumli va koʻp faktorli kasalliklarning xavf omillarini aniqlash uchun muhimdir.
Tatyana Rudolfovna (Scopus boʻyicha Xirsh indeksi 17 ega) tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan Nature, Molecul.Bio.Evolution, PNAS, Current biology, Amer. J. of Human Genetics, PLoS Genetics, Europ. J. of Human Genetics, PLoS ONE, BMC Genetics va boshqalar kabi yetakchi xalqaro ilmiy nashrlarda chop etilgan,
Professional yutuqlaridan quyidagilar bilan taqdirlandi: TWAS (2014), Science leader (Web of Science Awards 2017), Top Researcher (Scopus awards 2018) xalqaro mukofotlari laureati. «Doʻstlik» ordeni (2021), «Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash a’lochisi» koʻkrak nishoni (2023) bilan mukofotlangan.
Akramova M. – kichik ilmiy xodim
Sabirzyanova L. – t.f.n., kichik ilmiy xodim
Karimova F. – kichik ilmiy xodim
Shayimkulov F. – kichik ilmiy xodim
Kasimov A. – kichik ilmiy xodim
Nikolayeva A. – kichik ilmiy xodim
Nagayev Sh – kichik ilmiy xodim
Raimhodjaeva N. – kichik ilmiy xodim
Dyo K. – kichik ilmiy xodim
Djuraeva D. – kichik ilmiy xodim
Batuxtina A. – laborant
Anikina I. – laborant
Sogʻliqni saqlash uchun yangi yondashuvlar va biotibbiyot texnologiyalarini ishlab chiqish: immuno-bilvosita kelib chiqishga ega oʻtkir va surunkali kasalliklarining genetik, immunologik nishonlari.
Yuqori texnologiyali biotibbiyot mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun hujayra bioxavfsizligi pasportini ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligining ilmiy faoliyati boʻyicha davlat dasturlari doirasida: FA-F-6-011 «Onkologik, autoimmun va metabolik patologiyalarda autoimmun-yalligʻlanish jarayonlarini shakllantirishning hujayra-molekulyar mexanizmlari» (fundamental loyiha, 2017-2022).
Oʻzbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmogʻini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamgʻarmasini maqsadli moliyalashtirish: «Hujayra kelib chiqishi yuqori texnologiyali biomedikal mahsulotlar ishlab chiqarishning bioxavfsizlik pasportini ishlab chiqish», (2023).
Ba’zi qoʻshma, xalqaro grantlar:
- «Markaziy Osiyo va Evropa populyatsiyalarida preeklampsiya genetik tadqiqotlari» FP 7 EU fondi, (2011-2016);
- «Rossiya va Oʻzbekiston hududlarida tarqalgan OIV-1 epidemiologik ahamiyatga ega genetik subtiplarini oʻrganish», (2012-2016)
- Parhezga moslashish genlarining kompleks evolyutsiyasini dekodlash, (2011-2020)
- Immunodietologiya: autoimmun-yalligʻlanishni rivojlanishining mintaqaviy xususiyatlari va asosiy jihatlari (2023- h.v.)
Monografiyalar
«Markaziy Osiyoda oila: Markaziy Osiyodagi antropologik genetika: mintaqaning joylashishi va madaniy xususiyatlar va genetik xilma-xillik oʻrtasidagi munosabatlar toʻgʻrisida», Sofi Roche tomonidan tahrirlangan, Berlin, 2018, Evelin Eyer, lor Sigurel, Tatyana Xegay.
Patentlar
Jami 4 ta patent va mualliflik guvohnomasi, 2022 yilda FAP – 01918, nuklein kislotalarni ajratish usuli, Xegay T. R., Qosimov A. E., Gaziyev R. A.
Maqolalar
Umumiy soni 70ta, eng muhimlari:
Damgaard, P. D. B., Marchi, N., Rasmussen, S., Peyrot, M., Renaud, G., Korneliussen, T., … & Willerslev, E. (2018). 137 ancient human genomes from across the Eurasian steppes. Nature, 557(7705), 369-374.
https://doi.org/10.1038/s41586-018-0094-2
Marchi, N., Mennecier, P., Georges, M., Lafosse, S., Hegay, T., Dorzhu, C., … & Heyer, E. (2018). Close inbreeding and low genetic diversity in Inner Asian human populations despite geographical exogamy. Scientific reports, 8(1), 9397.
https://doi.org/10.1038/s41598-018-27047-3
Steinthorsdottir, V., McGinnis, R., Williams, N. O., Stefansdottir, L., Thorleifsson, G., Shooter, S., … & Morgan, L. (2020). Genetic predisposition to hypertension is associated with preeclampsia in European and Central Asian women. Nature Communications, 11(1), 5976.
https://doi.org/10.1038/s41467-020-19733-6
Segurel, L., Guarino-Vignon, P., Marchi, N., Lafosse, S., Laurent, R., Bon, C., … & Heyer, E. (2020). Why and when was lactase persistence selected for? Insights from Central Asian herders and ancient DNA. PLoS biology, 18(6), e3000742.
https://doi.org/10.1371/journal.pbio.3000742
Sjöstrand, A. E., Sjödin, P., Hegay, T., Nikolaeva, A., Shayimkulov, F., Blum, M. G., … & Jakobsson, M. (2021). Taste perception and lifestyle: insights from phenotype and genome data among Africans and Asians. European Journal of Human Genetics, 29(2), 325-337.
https://doi.org/10.1038/s41431-020-00736-2
Uslubiy tavsiyalar va axborot xatlari
Umumiy sonni 11ta, oxirgi yillar:
Agzamxodjayeva S. S., Azizov B. S., Dyo K. G. Rozatsea erta tashxis qoʻyish usullarini ishlab chiqish. // Metodik tavsiyalar. Toshkent shahri. 2020, – 26 b
OʻzR fanlar akademiyasining inson immunologiyasi va genomikasi instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, akademik Aripova T. U, Xegay T. R., Pulatov L. T., Dyo K. G., Shayimkulov F. U., Kasimov A. E. Polimeraza zanjiri reaktsiyasi (PCR) usuli yordamida oziq-ovqat va oziq-ovqat xom ashyosida genetik modifikatsiyalangan organizmlarni (GMO) aniqlash// Metodik tavsiyalar. Toshkent shahri, 2021, – 28 b.
Agzamxodjaeva S. S., Azizov B. S., Dyo K. G., Raimxodjaeva N. Z. Trombotsitlar aloqasi va folat almashinuvi genlarini kompleks tahlil qilish asosida rozatsea rivojlanish xavfini diagnostikasi // Metodik tavsiyalar. Toshkent shahri. 2022, – 30 b.
Akramova M. B., Karimova F. A., Xegay T. R. Hujayra texnologiyalarining maxsus laboratoriyalarida aseptik sharoitlarni saqlashga qoʻyiladigan talablar. // Metodik tavsiyalar. Toshkent shahri. 2023, – 28 b.
Respublika ilmiy-tadqiqot instituti va Oliy oʻquv yurtlari: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, I. Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti, akad. V. Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi.
Xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari: Federal davlat byudjet ilmiy muassasasi Akademik N. P. Bochkov nomidagi Tibbiy-genetik ilmiy Markazi (Moskva, Rossiya Federatsiyasi), Inson muzeyi va Milliy tabiatshunoslik muzeyi (Parij Fransiya), Tuluza universiteti (Tuluza, Fransiya), Monpelye universiteti (Monpelye, Fransiya) Nottingem universiteti (Nottingem, Buyuk Britaniya).
Xususiy ixtisoslashgan kompaniyalar: MChJ «Immunogen test», MChJ «ROSSA», MChJ «Biomedical Innovation», MChJ «Immunohealth genesis».
Professional nodavlat notijorat tashkilotlar: Oʻzbekiston Respublikasi biotibbiyot texnologiyalari uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi pediatrlar uyushmasi, RF Tibbiyot genetiklari uyushmasi, Yevroosiyo tibbiyot genetiklari uyushmasi.