E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutida
mustaqil izlanuvchilikka (erkin tadqiqotchilikka) qabul qilish bo‘yicha suhbat hamda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihon bo‘lib o‘tadi.
Suhbat sanasi: 26-fevral 2026-yil, soat 13:30 da
Malakaviy imtihon sanasi: 26-fevral 2026-yil, soat 14:00 da
Manzil: Immunologiya va inson genomikasi instituti, Toshkent shahri
Ixtisosliklar:
14.00.36 – Allergologiya va immunologiya
14.00.20 – Tibbiy genetika
03.00.03 – Molekulyar biologiya, molekulyar genetika, molekulyar biotexnologiya
Imtihonlar va suhbatlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 696-son qarori hamda unga muvofiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan o‘tkaziladi.