Please enter subscribe form shortcode

E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihon topshirish uchun hujjatlar qabuli e’lon qilinadi:

Ixtisosliklar:

14.00.36 – Allergologiya va immunologiya

14.00.20 – Tibbiy genetika

03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya

📆 Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 15-fevralga qadar (shu jumladan)

📄 Zarur hujjatlar ro‘yxati

Malakaviy imtihonda ishtirok etish uchun nomzod quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

1. Yo‘llovchi tashkilotdan taqdim etilgan yoʻllanma xat

2. Imtihonga ruxsat berish to‘g‘risida ariza (imtihon komissiyasi raisi — akademik T. U. Aripov nomiga)

3. Nomzodning ma’lumotnomasi

4. Tayanch doktoranturaga (PhD) yoki mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinganligi haqidagi buyruq nusxasi.

5. Dissertatsiya mavzusining tasdiqlanganligini tasdiqlovchi hujjat:
– OAK Byulletenida e’lon qilinganligi yoki
– ilmiy kengash qaroridan ko‘chirma

6. Pasport nusxasi

7. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari
(magistratura yoki ordinatura hamda bakalavriat diplomi)

8. Ilmiy nashrlar ro‘yxati (3.4-shakl)

Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqam orqali bilib olish mumkin: +998-71-207-06-93

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan