E’LON
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi institutida tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka qabul imtihonlari va suhbatlari bo‘lib o‘tadi.
Sana: 26-noyabr 2025-yil, soat 14:00 da
Manzil: Immunologiya va inson genomikasi instituti, Toshkent shahri
Shuningdek, quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha malakaviy imtihonlar (ixtisoslik fani) 27-noyabr 2025-yil, soat 14:00 da o‘tkaziladi:
14.00.36 – Allergologiya va immunologiya
14.00.20 – Tibbiy genetika
03.00.03 – Molekulyar biologiya. Molekulyar genetika. Molekulyar biotexnologiya
Imtihonlar va malakaviy imtihonlar institut ilmiy yo‘nalishlari bo‘yicha va Vazirlar Mahkamasining 22.05.2017 yil 304-sonli qarori hamda unga mos keluvchi «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq tarzda o‘tkaziladi.
Batafsil ma’lumot uchun institutning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.