
Klinik genetika boʻyicha Ikkinchi xalqaro maktab
Joriy yilning 24-28-fevral kunlari Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi – «Akademik N.P.Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi» Federal davlat budjet ilmiy muassasasi bo‘linmasi, O‘zR FA Immunologiya va inson genomikasi instituti hamda “Immunogen Test” ilmiy-diagnostika markazi bilan hamkorlikda jigar patologiyasi bilan kechadigan irsiy kasalliklarning klinik-genetik xarakteristikasi va molekulyar-genetik diagnostikasining xususiyatlariga bagʻishlangan klinik genetika boʻyicha Ikkinchi xalqaro maktabni tashkil etmoqda.
Klinik genetika boʻyicha Ikkinchi xalqaro maktabning asosiy mavzulari: irsiy jigar kasalliklari va sindromal patologiya. Dastur «Akademik N.P.Bochkov nomidagi tibbiygenetik ilmiy markazi» Federal davlat budjet ilmiy muassasasi yetakchi mutaxassislarning
ma’ruzalari va amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Yanada koʻproq ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga oʻting: [havola]